"Dasturchilar uchun AI va Avtomatlashtirish" — Kurs O‘quv Rejasi (v2)
Kurs haqida
Kimlar uchun: Ishlab yurgan dasturchilar. JavaScript asosini bilasiz va AI asboblarini havaskorlarcha emas, professional darajada ishlatmoqchisiz.
Asosiy stack: JavaScript / TypeScript (Node.js backend, web frontend). Mobil darslarda Swift (iOS) va Kotlin (Android) ishlatamiz: AI bilan o‘zingiz bilmagan tilda ham normal ishlash mumkinligini ko‘rsatish uchun.
Nima bilish kerak (prerequisites): JavaScript asoslari, Git va terminalda ozgina ishlay olish.
Kurs tugagach siz:
- Bozordagi va lokal (internetsiz ishlaydigan) modellardan qaysi biri qaysi ishga to‘g‘ri kelishini bilib tanlaysiz — va ularni ma’lumotingizni sir tutgan holda xavfsiz ishlatasiz.
- Ko‘p faylli loyihani AI bilan arxitekturadan boshlab rejalashtirasiz, AI yozgan kodni professional review qilasiz va testlar bilan tasdiqlaysiz.
- Claude Code CLI, Custom Skills, hooks va MCP orqali boshidan oxirigacha avtomatlashgan workflow qurasiz.
- Yakuniy loyihada backend, Telegram bot, web va mobil (Swift/Kotlin) klientlarni AI bilan noldan yasaysiz.
Kursda nima bor — umumiy ko‘rinish
| # | Modul | Darslar | Qancha vaqt |
|---|---|---|---|
| 1 | Zamonaviy AI Landshafti va Dasturchi "Gigiyenasi" | 4 | ~1 soat 15 daq |
| 2 | Prompt Engineering, Arxitektura va Kod Review | 4 | ~1 soat 50 daq |
| 3 | Mahalliy AI (Local AI) va Offlayn Modellar | 4 | ~1 soat 30 daq |
| 4 | IDE va Terminal Integratsiyasi (CLI Agentlar) | 6 | ~2 soat 55 daq |
| 5 | Custom Skills va Loyiha Qoidalari | 3 | ~1 soat 25 daq |
| 6 | Model Context Protocol (MCP) Integratsiyasi | 5 | ~2 soat 25 daq |
| 7 | Yakuniy Loyiha (Capstone) | 4 | ~3 soat |
| Jami | 30 | ~14,5 soat |
Modul 1: Zamonaviy AI Landshafti va Dasturchi "Gigiyenasi"
Bu modulda modellarga qarashingiz o‘zgaradi: qaysi birini qachon olish kerak, AI qancha pulga tushadi va ma’lumotingizni qanday himoya qilasiz.
Dars 1.1: Qaysi AI modelni tanlash kerak? (~25 daq)
- Bozordagi eng kuchli modellar bilan tanishamiz: ChatGPT (OpenAI), Gemini (Google), Claude (Anthropic), DeepSeek va Qwen (Alibaba).
- Benchmarklarni to‘g‘ri o‘qish: SWE-bench va boshqa kodlash benchmarklari nimani o‘lchaydi — va nimani o‘lchamaydi.
- Modelni qanday tanlaysiz: reytingga ko‘r-ko‘rona ishonmay, modelni o‘z ishingizda sinab ko‘rasiz. (Aniq model nomlari va reytinglar alohida "hozirgi holat" segmentida beriladi — u vaqti kelib yangilanadi.)
Dars 1.2: “Vibe Coding” sizni qanday to‘xtatib qo‘yadi (~15 daq)
- "Vibe Coding" nima: hamma kodni AI’ga yozdirib, uni o‘qib ham, review qilib ham ko‘rmaslik. Bu odat dasturchining o‘sishini to‘xtatadi — "dangasalik" muammosi.
- Review qilinmagan AI kodi — kelajakdagi texnik qarz (technical debt).
Dars 1.3: Ma’lumotlaringiz qayerga ketadi? Maxfiylik va xavfsizlik (~20 daq)
- Corporate va tekin versiyalar nimasi bilan farq qiladi. Tekin AI asboblari yozganingizni model treningiga olib ketishi mumkin — buni sozlamadan qanday o‘chirasiz (training opt-out).
- Maxfiy ma’lumotni maskalash (masking): API kalit va parolni hech qachon ochiq kodga yozmang —
.gitignoreva.envni to‘g‘ri ishlatamiz.
Dars 1.4: AI qanchaga tushadi? Token, narx va limitlar (~15 daq)
- Token nima va context window — model bir vaqtda "yodida tuta oladigan" matn hajmi — narxga qanday ta’sir qiladi.
- Obuna (subscription) yoki API orqali to‘lash: qaysi biri qachon foydali.
- Prompt caching nima. Qaysi ishga arzon model (masalan, Haiku darajasi) yetadi, qaysi biriga kuchli model shart.
Uy vazifasi: ishlatayotgan AI asbobingizning maxfiylik sozlamasini oching va training opt-out yoqilganini tekshiring; keyin bitta real vazifani 2 xil modelga bajartirib, natijani solishtiring.
Modul 2: Professional Prompt Engineering, Arxitektura va Kod Review
AI qanday kod yozishi — siz unga nima deyishingizga bog‘liq. Bu modulda ko‘p faylli loyihani AI bilan to‘g‘ri boshlashni va AI yozgan kodni tekshirishni o‘rganasiz.
Dars 2.1: CRAFT — yaxshi prompt qanday yoziladi (~20 daq)
- Promptni CRAFT bo‘yicha tuzish: Context (Kontekst), Role (Rol), Action (Harakat), Format (Format), Tone (Ohang).
- Bir martada to‘liq prompt yozish yaxshimi yoki uzoq suhbatmi: takroriy dialog context window’ga qanday ta’sir qiladi. JSON/Markdown ko‘rinishida toza javob olish yo‘llari.
Dars 2.2: Kod yozishdan oldin arxitekturani chizamiz (HLD/LLD) (~20 daq)
- AI’ga darrov kod yozdirmang — avval loyiha arxitekturasini (HLD/LLD) tuzdiring.
- Spagetti koddan qochish: environment fayllari,
.gitignore, config va kontrollerlarni ajratish, API handler-lar tizimini tuzish.
Dars 2.3: AI yozgan kodni qanday tekshirasiz (~30 daq) ⭐
- AI kodini tartib bilan review qilish: edge case-lar, xavfsizlik teshiklari, umuman mavjud bo‘lmagan (hallucination qilingan) kutubxona va metodlarni ushlash.
- Test-first workflow: avval AI test yozsin, keyin kod. AI davrida test — bu "ishonch shartnomasi".
- "AI o‘zi yozgan kodga o‘zi test yozsa, xatosini yashirib qo‘yishi mumkin" — bu muammoni qanday hal qilamiz.
Dars 2.4: Amaliy loyiha: Node.js/TypeScript Telegram bot (~40 daq)
- TypeScript bilan loyiha muhitini yig‘amiz (
package.json,tsconfig.json,.env). - Toza arxitektura: config, handlers, services papkalari.
- Telegram botni fonda (background) boshqarish uchun bash skript yozamiz:
run.sh start | stop | restart | status.
Uy vazifasi: botga bitta yangi buyruq qo‘shing. Lekin tartibi shunday: avval AI test yozsin, keyin kodni yozsin — oxirida siz review qiling.
Modul 3: Mahalliy AI (Local AI) va Offlayn Modellar
Kompaniya kodi tashqariga chiqmasin desangiz — AI’ni o‘z kompyuteringizda ishlatish kerak. Shu modulda buni qanday qilishni ko‘rsatamiz.
Dars 3.1: Lokal LLM nimaga kerak? (~10 daq)
- Ma’lumot kompyuteringizdan chiqmaydi (data protection), internetsiz ham ishlaydi va butunlay tekin — mana shu uchtasi.
Dars 3.2: Ollama va LM Studio’ni sozlaymiz (~25 daq)
- Ollama CLI va LM Studio (GUI) dasturlarini o‘rnatamiz, o‘zimizga kerakli lokal modellar ro‘yxatini yig‘amiz.
Dars 3.3: Kompyuteringiz qaysi modelni ko‘taradi? (kvantizatsiya, GGUF) (~25 daq)
- GPU va video xotira (VRAM) qancha kerak. Apple Silicon (M1/M2/M3/M4) birlashgan xotirasi nimasi bilan qulay.
- Kvantizatsiya (GGUF, Q4/Q8): 70B parametrli modelni 16GB xotiraga qanday qilib "sig‘dirishadi" — sifat bilan hajm o‘rtasidagi savdolashuv.
- RAM hajmingizga qarab model tanlash (8GB, 16GB, 32GB, 64GB, 128GB RAM). Va nega SSD disk shart.
Dars 3.4: Qaysi lokal modelni olib, qanday ishga tushiramiz (~30 daq)
- Lokal modelni nimaga qarab tanlaymiz: reasoning (fikrlash), kodlash yoki umumiy ishlar uchun ixtisoslashgan modellar.
- Amaliyot: DeepSeek R1 (fikrlash va mantiq), Qwen Coder (dasturlash) va Llama (umumiy ishlar) turkumidagi modellarni Ollama orqali kompyuterda ishga tushiramiz va sinab ko‘ramiz. (Model versiyalari — yozib olish paytidagi eng so‘nggisi; bu qism yangilanadigan segment bo‘lib yoziladi.)
Uy vazifasi: kompyuteringiz imkoniga mos lokal model tanlab o‘rnating va unga Modul 2 dagi bot kodini review qildirib ko‘ring.
Modul 4: IDE va Terminal Integratsiyasi (CLI Agentlar)
IDE’dan chiqmasdan, brauzerga "copy-paste" qilib yurmasdan AI bilan ishlash — eng tez yo‘l shu.
Dars 4.1: Qaysi AI vosita sizga mos: Cursor, Copilot, Windsurf, Continue (~25 daq)
- Bozor xaritasi: Cursor, GitHub Copilot, Windsurf, Continue, JetBrains AI — kuchli va zaif tomonlari.
- VS Code va JetBrains (WebStorm, IntelliJ) ga plagin o‘rnatamiz va ularni lokal Ollama’ga ulaymiz — tekin, offlayn yordamchi chiqadi.
Dars 4.2: Terminalda yashaydigan agent — Claude Code CLI (~25 daq)
- Claude Code CLI ni kompyuterga o‘rnatamiz va sozlaymiz.
- Agentga terminal orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri loyiha fayllariga kirishga ruxsat berish, permissions tizimi va qayerga chegara qo‘yish kerakligi.
Dars 4.3: Avval reja, keyin kod: Plan Mode va kontekst (~25 daq)
- Avval loyihani batafsil rejalashtiramiz (Plan Mode), rejani tasdiqlagach ko‘p faylli kodni yozdiramiz (Edit Mode).
- Kontekstni boshqarish: context window to‘lib qolsa nima bo‘ladi,
/compactbuyrug‘i va katta kodbazani AI’ga qanday qilib bo‘lib-bo‘lib berish.
Dars 4.4: Amaliy: bitta qator yozmasdan kitob ko‘rgazmasi saytini quramiz (~40 daq)
- Claude Code terminal agenti bilan HTML/CSS/JS da to‘liq ishlaydigan responsive kitob ko‘rgazmasi saytini 0 dan yasaymiz va brauzerda tekshiramiz.
Dars 4.5: Sub-agentlar, Hooks va parallel ishlash (~30 daq)
- Sub-agentlar: hamma ishni bitta agentga yuklamay, ixtisoslashgan agentlarga bo‘lib bering (masalan, alohida code-reviewer agent).
- Git worktree bilan bir vaqtning o‘zida bir nechta feature ustida ishlash.
- Hooks: har o‘zgarishdan keyin lint/test o‘zi ishga tushsin, xavfli buyruq esa bloklansin.
Dars 4.6: Commit, PR va CI/CD — hammasi avtomatik (~30 daq)
- AI bilan yangi Git branch ochamiz, o‘zgarishlarni tahlil qildirib professional commit xabari yozdiramiz va kodni GitHub/GitLab-ga push qilamiz.
- Headless rejim (
claude -p): AI GitHub Actions ichida ishlaydi — PR review va changelog o‘zi tayyorlanadi.
Uy vazifasi: loyihangizda commit oldidan testni o‘zi ishga tushiradigan hook sozlang va bitta PR ni AI bilan oching.
Modul 5: Custom Skills (Ko‘nikmalar) va Loyiha Qoidalari
Loyihangizga qat’iy texnik qoidalar qo‘yamiz va AI’ga korxonangiz qanday kod yozishini o‘rgatamiz.
Dars 5.1: CLAUDE.md — loyihangizning qoidalar fayli (~20 daq)
- Loyiha bosh papkasida qat’iy qoidalar faylini (
CLAUDE.md) yaratamiz. - Masalan: "Faqat Next.js App Router ishlat, Pages Router mumkin emas" yoki "Hamma o‘zgaruvchi ingliz tilida, izohlar esa o‘zbek tilida (lotin yozuvida) bo‘lsin" — shunday aniq texnik cheklovlarni yozamiz.
Dars 5.2: O‘z Skill’ingizni yozamiz (va token tejaymiz) (~25 daq)
- Har safar takrorlanadigan og‘ir ishlar uchun (ma’lumotlar bazasi migratsiyasi, unit test, Swagger hujjati) o‘z Skills’ingizni yozasiz — bu token ham tejaydi.
Dars 5.3: Amaliy: full-stack kod yasaydigan 3 ta Skill (~40 daq)
- Uchta alohida Skill yozamiz:
- Swagger/OpenAPI spec (talablar ro‘yxati) tuzadigan;
- TypeScript (NestJS/Express) backend kodini yozadigan;
- PostgreSQL migratsiya skriptini yasaydigan (flyway uslubida: V001, V002).
- Bitta buyruq bilan ma’lumotlar bazasi triggerlari va indekslarni o‘zi sozlab beradigan skript chiqarish.
Uy vazifasi: ishingizda eng ko‘p takrorlanadigan vazifa uchun bitta Custom Skill yozing.
Modul 6: Model Context Protocol (MCP) Chuqur Integratsiya
AI’ni loyihangiz ma’lumotlar bazasi, Git, Slack, Figma yoki ichki tizimlaringizga ulaymiz — real vaqtda va ikki tomonlama.
Dars 6.1: MCP (Model Context Protocol) nima? (~15 daq)
- MCP qanday tuzilgan va u nega paydo bo‘ldi. "AI uchun USB-C" — hamma joyga to‘g‘ri keladigan bitta standart.
- MCP Client va MCP Server nima degani.
Dars 6.2: MCP serverlarni ulaymiz: filesystem, PostgreSQL, SaaS (~30 daq)
- Lokal fayl tizimini ulaymiz (
npx @modelcontextprotocol/server-filesystem). - Ma’lumotlar bazasiga ulanish (PostgreSQL, SQLite), SaaS xizmatlari (Google Drive, Slack, Figma va Notion) bilan bog‘lash va maxfiylik sozlamalari.
Dars 6.3: MCP xavfsizligi — nimadan ehtiyot bo‘lasiz (~15 daq)
- Notanish MCP server — bu xavf. Begona serverni ulashdan oldin nimani tekshirish kerak.
- Prompt injection hujumi nima va undan qanday himoyalanamiz. Ruxsatni doim eng kamini berish qoidasi.
Dars 6.4: Naming qoidalarini AI’ga o‘rgatamiz va bazani tahlil qilamiz (~25 daq)
- PascalCase (klasslar), camelCase (metodlar), snake_case (baza ustunlari) va kebab-case (fayl nomlari) — bularni
CLAUDE.mdva MCP orqali AI’ga o‘rgatamiz. - Amaliyot: MCP server orqali migratsiya skriptlarini (V001, V002 — flyway uslubi) jonli o‘qiymiz va shu payt ma’lumotlar bazasini tahlil qilamiz.
Dars 6.5: Katta amaliy: backend + iOS + Android bir vaqtda (~60 daq)
- TypeScript (NestJS) backend + PostgreSQL, va unga ulanadigan Swift (iOS) hamda Kotlin (Android) klient modullarini bir vaqtda yozdiramiz va sinaymiz.
- Asosiy g‘oya: AI bilan o‘zingiz yaxshi bilmagan tilda ham (Swift/Kotlin) to‘laqonli, sifatli modul yozsa bo‘ladi — lekin Modul 2.3 dagi review qoidalariga amal qilgan holda.
Uy vazifasi: loyihangiz bazasiga MCP server ulang va AI’dan sxema tahlilini hamda nimani yaxshilash mumkinligi haqidagi takliflarni oling.
Modul 7: Yakuniy Loyiha (Capstone)
Kursda o‘rgangan hamma narsa bitta real loyihada birlashadi: to‘lov tizimiga ulangan ariza qabul qilish tizimi.
Dars 7.1: Yakuniy loyihani rejalashtiramiz (~30 daq)
- Plan Mode’da to‘liq arxitektura (HLD/LLD) tuzamiz,
CLAUDE.mdqoidalarini yozamiz, qaysi Skills va MCP serverlar kerakligini belgilaymiz.
Dars 7.2: Backend, Telegram bot va to‘lovni ulaymiz (~60 daq)
- TypeScript (NestJS) web API + PostgreSQL + Telegram bot. To‘lov tizimini ulaymiz (Payme/Click yoki Stripe).
- Har bosqichda: avval test, keyin kod, keyin review.
Dars 7.3: Web admin panel (Next.js) (~45 daq)
- Arizalarni boshqaradigan web panel (Next.js). Custom Skills bilan tez yasaymiz.
Dars 7.4: Mobil klient, CI/CD va yakun (~45 daq)
- Swift (iOS) yoki Kotlin (Android) da yengil mobil klient — bilmagan stack’da AI bilan ishlab ko‘ramiz.
- CI/CD: testlar o‘zi ishlaydi, PR ni AI review qiladi, deploy. Oxirida retrospektiva: qaysi bosqichda AI qancha vaqt tejadi.
Kursni yozayotganda nimaga e’tibor berish kerak
- Har darsni amaliyotga bog‘lang: nazariyani aytib bo‘lgach, dasturchilar bilan birga real loyihani noldan oxirigacha AI asboblari bilan yozib ko‘rsating — yakuniy loyiha (Modul 7) shuning cho‘qqisi.
- Lokal muhitni ko‘proq ko‘rsating: korporativ dasturchi uchun ma’lumot sir turishi birinchi o‘rinda. Shuning uchun lokal AI bilan ishlash (Ollama va DeepSeek) mavzusiga darslarda ko‘proq vaqt ajrating.
- Kurs tez eskirmasin: aniq model nomi, reyting va narx aytiladigan joylarni alohida qisqa segment qilib yozing — keyin butun darsni emas, faqat shu segmentni qayta yozasiz. Har darsda ishlatgan asbob versiyasini ekranda ko‘rsatib turing.
- Interfeys o‘zgarishiga tayyor turing: AI asboblarining UI qismi tez o‘zgaradi — imkon boricha terminal va buyruqlarga tayaning (ular barqarorroq), UI ni ko‘rsatganda esa umumiyroq gapiring.