Texno Karvon

Darslar

7 modul · 30 dars · 325 slayd. Darsni bosing — slaydlar ochiladi. Kompyuterda o‘q tugmalari bilan, telefonda esa ekranni chapga-o‘ngga surib o‘tasiz.

1

Zamonaviy AI Landshafti va Dasturchi "Gigiyenasi"

Bu modulda modellar bilan ishlash uslubingiz o‘zgaradi: qaysi model qayerga to‘g‘ri kelishini bilib olasiz, AI qancha pulga tushishini hisoblaysiz va ma’lumotni sir tutishni professional darajada o‘rganasiz.

4 dars
2

Professional Prompt Engineering, Arxitektura va Kod Review

AI qanaqa kod yozishi — siz unga qanday shart qo‘yganingizga bog‘liq. Shu modulda ko‘p faylli loyihani AI bilan qanday rejalashtirishni va AI yozgan kodni qanday tekshirishni o‘rganasiz.

4 dars
3

Mahalliy AI (Local AI) va Offlayn Modellar

Kompaniya sirlari tashqariga chiqmasin desangiz — AI'ni o‘z kompyuteringizda yoki ichki serveringizda, internetsiz ishlatish kerak. Shu modulda buni qanday qilishni boshidan oxirigacha ko‘rsatamiz.

4 dars
4

IDE va Terminal Integratsiyasi (CLI Agentlar)

AI bilan ishlashning eng kuchli usuli: IDE'dan chiqmaysiz, brauzerga hech narsa nusxalamaysiz. Kursning texnik yuragi.

6 dars
5

Custom Skills va Loyiha Qoidalari

Loyihangizga qat’iy texnik qoidalar qo‘yasiz va AI'ga jamoangiz qanday kod yozishini o‘rgatasiz.

3 dars
6

Model Context Protocol (MCP) Chuqur Integratsiya

Agent kodni ko‘radi, lekin bazangizni, Git'ingizni, Slack, Figma va ichki tizimlaringizni ko‘rmaydi. Shu modulda ana shu devorni buzamiz: agentni ularga real vaqtda, ikki tomonlama ulaymiz. Bir gapda aytganda — MCP bu "AI uchun USB-C": bitta standart konnektor, hamma narsa shunga ulanadi.

5 dars
7

Yakuniy Loyiha (Capstone)

Kursda o‘rgangan hamma narsa bitta real loyihada birlashadi: to‘lovga ulangan ariza qabul qilish tizimi. Kursni "bilaman" emas, "qildim" deb tugatasiz.

4 dars