Texno Karvon
Bosh sahifa

Cheat-Sheet: AI bilan Xavfsiz Ishlash Cheklisti

Modul 1, Dars 1.3 uchun. Har yangi loyiha boshida bir marta yurib chiqing.

Bir marta sozlaysiz (har akkaunt uchun)

  • AI vositam sozlamalarida training opt-out yoqilganini tekshirdim (Settings → Data/Privacy bo‘limi)
  • Ish uchun korporativ/Business tarif yoki API ishlatilishini aniqladim
  • Jamoada "qaysi ma’lumotni AI'ga berish mumkin" degan qoida borligini bilaman

Har suhbatdan oldin

  • Paste qilayotgan matnda real ism, telefon, karta yo‘q — faqat struktura (maydon nomi, tip, format)
  • Log yoki xato matnida token, parol, session ID qolmaganini tekshirdim
  • Mijoz yoki kompaniya nomini aytish shart bo‘lmasa — umumiy nom yozdim

Maskalash namunasi

Mijoz Alisher Usmonov, tel +998901234567, karta 8600 1234 ...

full_name (string), phone (string, +998 format), card_number (string, 16 raqam)

Har loyihada (sirlar intizomi)

  • Barcha kalitlar .env faylda, kodda emas
  • .gitignore da .env bor — birinchi commitdan oldin qo‘shilgan
  • Jamoa uchun .env.example bor (kalit nomlari, qiymatsiz)
  • Kodda process.env.X orqali o‘qiladi

Kalit sizib chiqsa (commit bo‘lib qolsa)

  1. Darhol revoke qiling — provayder panelida kalitni bekor qiling.
  2. Yangi kalit oling va .env ga joylang.
  3. .gitignore ga qo‘shish uni tarixdan o‘chirmaydi — "o‘chirdim" emas, "almashtirdim" ishlaydi.
  4. Kompaniya kaliti bo‘lsa — security mas’uliga xabar bering.

Oltin qoidalar

Tekin xizmatga yozgan narsangizni e’lonlar taxtasiga yozdim deb hisoblang.

AI'ga struktura kerak — real qiymatlar emas.

Kalit commit bo‘ldimi — u endi sizniki emas. Revoke!