Cheat-Sheet: CRAFT Prompt Frameworki
Modul 2, Dars 2.1 uchun material. Har jiddiy promptdan oldin shu 5 katakni ko‘zdan kechiring.
CRAFT — 5 element
| Harf | Element | Savol | Misol parcha |
|---|---|---|---|
| C | Context | AI mening loyihamni biladimi? | "Express + TypeScript (strict), PostgreSQL, Node 20" |
| R | Role | Kim bo‘lib javob bersin? | "Sen senior backend dasturchisan" |
| A | Action | Aniq nima qilsin? | "/users/:id GET endpoint yoz: validatsiya, 404, service qatlami" |
| F | Format | Javob qanday ko‘rinishda kelsin? | "Faqat kod, har fayl alohida block, fayl nomi sarlavhada" |
| T | Tone | Qanday uslubda gapirsin? | "Izohlar qisqa, o‘zbekcha; muqobillarni sanama" |
To‘ldiriladigan shablon
Kontekst: [loyiha, stack, versiyalar, cheklovlar]
Rol: Sen [daraja + soha] dasturchisan.
Harakat: [aniq vazifa — nimani, qayerda, qanday shartlar bilan]
Format: [faqat kod / JSON / jadval / qadamlar ro'yxati]
Ohang: [qisqa/batafsil, izoh tili, nimani qilmasin]
Maxsus buyruq so‘zlar
| Ibora | Qachon ishlatasiz |
|---|---|
| "Kod yozma" | Rejalashtirish bosqichida (HLD/LLD, muhokama) |
| "Faqat kodni qaytar, tushuntirishsiz" | Tez copy-paste kerak bo‘lganda |
| "Kodni yozma, avval yondashuvni tushuntir" | O‘rganish rejimida |
| "Javobni faqat quyidagi JSON formatda qaytar: {...}" | Natijani dastur bilan o‘qiganda |
| "Testlar qat’iy — testni emas, kodni tuzat" | Test-first tsiklda (Dars 2.3) |
| "Savollaring bo‘lsa, kod yozishdan oldin so‘ra" | Murakkab yoki noaniq vazifalarda |
Iterativ dialog qoidalari
- Vazifa aniq → bitta puxta CRAFT prompt. Qidiryapsiz yoki muhokama qilyapsiz → iterativ dialog.
- 10–15 xabardan keyin xulosalarni yig‘ib, yangi suhbat oching (kontekst ifloslanadi, narx oshadi — Dars 1.4).
- Yangi vazifa — yangi suhbat.
- Ishlagan promptlaringizni saqlab boring — bu kutubxona Modul 5 da Skills'ga aylanadi.
Oltin qoida
CRAFT prompt yozish — 2 daqiqa. Yomon prompt natijasini tuzatish — 30 daqiqa.